

Ma'lumotlarga ko'ra, 33 yoshli futbolchining xotini Kolin turmush o'rtog'ining alkogolga bog'lanib qolganiga boshqa chiday olmaydi. Ma'lum bo'lishicha, Runi uyda soatlab ichib, kompyuter o'yinlarini o'ynashni odat qilgan. Forvard davolanish kursidan o'tmasa, xotini u bilan ajrashishi mumkin. Runining fikricha, Kolinga uning atrofidagilar ta’sir qilmoqda.
Oldinroq, MYU va Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi hiyonatda shubha qilinayotgani ma'lum bo'lgandi.



