Runi: "Rays "Arsenal" yetakchisi bo'lishi kerak"

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2023, 14:12
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Ueyn Runi "Arsenal" yarim himoyachisi Deklan Raysning transferi haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, u jamoaning yetakchisi bo'lishi kerak. Men Frenk Lempard Deklan u erga ko'chib o'tsa, keyingi 10 yil davomida "Chelsi" sardori bo'lishi mumkinligini aytganini eshitdim. O'ylaymanki, u "Arsenal"da buni uddalay oladi, unda shunday xarakter bor va men u "Arsenal" uchun katta futbolchi bo'lishiga ishonaman", – dedi Runi.

15 iyul kuni "Arsenal" "Vest Xem"dan Raysni sotib olganini e'lon qilgandi. Qayd etilishicha, 24 yoshli futbolchining transfer summasi ingliz futboli uchun rekord hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports