Ruben Diash: “Man Siti”da yangi o'yinchilar paydo bo'ldi, lekin sifat o'zgarmagan"

Aslanov Jasurbek
12 noya 2025, 12:59
Portugaliyalik himoyachi Ruben Diash “Manchester Siti”dagi o'zgarishlar jamoaning kuchiga ta’sir qilmaganini ta'kidladi.

“Biz o'tgan mavsumdan beri bo'layotgan qayta qurilish haqida ko'p gapiramiz. Jamoada ancha o'zgarishlar bo'ldi - bu har qanday klub va g'alabalarni davom ettirmoqchi bo'lgan jamoa uchun tabiiy jarayon.

Ketganlar o'rniga yangi o'yinchilar keldi, ammo sifat shu holicha qoldi. Biz hali ham jang qilmoqdamiz. Mavsum endigina boshlandi, biz mustahkam turibmiz va olg'a harakat qilishni davom ettiramiz”, - dedi “Man Siti” himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: City Xtra