RPLning kelasi mavsumi qachon boshlanishi ma'lum bo'ldi

Alisher
18 may 2020, 18:36
Rossiya Premer-ligasining yangi mavsum starti qachon bo'lishi ma'lum bo'ldi.

Bu haqda jurnalist Sergey Egorov xabar bermoqda. Uning xabariga ko'ra, RPLning kelasi mavsumi 2 avgustga rejalashtirilgan.

Musobaqa oldingi mavsumning 30 turi o'ynalganidan 10 kun o'tib start oladi. 2020 yilda 19ta tur o'tkazilishi kerak. So'nggisi 16 dekabrda.

May oyida mavsum tugaydi. Rossiya Kubogining boshlanish sanasi 20 dekabrga to'g'ri kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: РБ-Спорт