Ro'ziqul Berdiev: “Bugun butun jamoa bo'lib yutqazdik”

Aslanov Jasurbek
13 avg 2017, 04:12
“Buxoro” – “Nasaf” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv (1:0) nihoyasiga etgach o'tkazilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida qarshiliklar ustozi Ro'ziqul BERDIEV o'yin haqida quyidagi fikrlarini bildirdi.

-“Buxoro” jamoasi bugun maydonda yaxshi kurash olib bordi. Ularda g'alaba bo'lgan ishtiyoq o'yin davom sezilib turdi va ular shuning evaziga g'alabaga erishishdi. Jamoamiz o'yini haqida gapiradigan bo'lsam, biz  kutilgan o'yinni ko'rsata olmadik. “Buxoro” natija uchun kurashdi va bunga erishdi. Bugun futbolchilarimiz juda sekin o'ynashdi. Bunday o'yin orqali g'alabaga erishish qiyin. Biz futbolchilarimizga, raqibimiz bugun bizga nisbatan haqiqiy kurashishini aytgan edik. Shunday ham bo'ldi. O'yinda kurashuvchanlik yetishmagan jamoaning muvaffaqiyat qozonishi amri mahol.

Jamoamizni tark etgan futbolchilar haqida takror-takror savollar bo'layapti. Bu savollarga to'liq javob berib o'tdik. Yana buni takrorlashni hojati yo'q. Gap aynan darvozabon haqida gap ketayotgan bo'lsa, Sanjar Quvvatov o'ziga bildirilgan ishonchni oqlayapti. Agar u bugun penaltini qaytarmaganda, ahvolimiz bundan achinarli bo'lishi mumkin edi. Bugun maydonda harakat qilgan futbolchilarmizni birontasini tanqid qilishdan yiroqman. Bugun butun  jamoa bo'lib yutqazdik.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcnasaf.uz