Roy Kin - De Xea haqida: "U men ko'rgan darvozabonlar orasida eng qadrsizi"

Mirjalol Normatov
21 iyun 2020, 12:29
"Manchester Yunayted"ning afsonaviy sardorlaridan biri Roy Kin jamoa posboni David De Xeaning "Tottenxem"ga qarshi o'yini haqida gapirdi.

Sobiq futbolchining fikriga ko'ra, Stiven Bergveynning golida posbonning aybi bor.

"Bu darvozabondan jahlim chiqyapti. Tanaffusda uni do'pposlagan bo'lardim. U men ko'rgan darvozabonlar orasida eng qadrsizi", - dedi Kin.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail