“Rostov” RPL prezidentiga murojaat bilan chiqdi

Eldor Akmurzayev
16 sen 2020
“Rotor” futbolchilarida koronavirus aniqlangani sabab RPL 7-turi doirasida 13 sentyabr kuni o'tishi kerak bo'lgan “Krasnodar”ga qarshi bahs bekor qilindi va volgagradliklarga texnik mag'lubiyat yozildi.

“Rotor” keyingi turni 19 sentyabr kun safarda “Rostov”ga qarshi o'tkazishi kerak. 

“Rotor” – “Krasnodar” bahsi 3 kun oldin bekor qilingandi, - deb yoziladi donliklar murojaatida. – Bu vaqt ichida nima o'zgardi va nega “Rostov” – “Rotor” bahsini o'tkazish xavfsiz hisoblanmoqda?

- Volgagraddagi o'yinning bekor qilinishi va janob Pryadkinning qaroriga ko'ra 6 kundan keyin esa Rostovda o'ynash bu ikki tomonlama standart emasmi?

- Janob Pryadkin Liga rahbari sifatida “Rotor”ning kasallangan 11 futbolchisi jamoa mashg'ulotlari va tiklanish jarayonlarida qatnashib, hech kim bilan aloqa qilmagan deb hisoblamoqdami?

- Janob Pryadkin “Rotor”ga qarshi o'yin vaqtida “Rostov” futbolchilar kasallanmasligi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmoqchimi?

Klubimiz RPL prezidenti Sergey Pryadkinning ushbu xatga tezkorlik bilan munosabat bildirishiga umid qilmoqda, deya yozilgan klub xatida.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport-express.ru