Rossiyalik futbolchi "Barselona" bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
17 may 2021, 16:03
"Chertanovo" forvardi Sergey Pinyaev tez orada "Barselona" bilan shartnoma imzolashi va "Ximki"ga ijaraga o'tishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, 16 yoshli o'yinchi uchun bir qator Yevropa klublari, jumladan "Zenit" klubi da'vogarlik qilmoqda.

Pinyaevning "Chertanovo" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 31 dekabriga qadar mo'ljallangan. Bundan tashqari, hujuchi bugun Olimp-FNLga tushib ketgan klubi bilan xayrlashdi.

Pinyaev joriy mavsum 30ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. Oldinroq, o'yinchi ikki bor "Manchester Yunayted"da malaka oshirgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru