

Bellashuvda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritishdi. Qozonliklar safida o'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov o'yinni to'liq o'tkazgan bo'lsa, mehmonlar safida yana bir hamyurtimiz Sherzod Esanov debyut qildi va asosiy tarkibda maydonga tushib, 57-daqiqada zaxiraga olindi.
Rubin – Akron 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 8 Kuznecov, 2:0 – 48 Rojkov, 3:0 – 75 Yukich, 4:0 – 81 Ivu.



