Rosicki: "Hozircha "Arsenal"da qolish yoki qolmasligim haqida bilmayman"

Aslanov Jasurbek
22 may 2015, 10:43
"Arsenal" yarim himoyachisi Tomash Rosickining takidlashicha, kelasi mavsum klubda qolishini bilmaydi.

34 yoshli futbolchining "to'pchilar" bilan shartnomasi 2015 yilning yozigacha amalda.

"Hozircha hech narsa deya olmayman. Mavsum yakunida qolishim yoki qolmasligim aniq bo'ladi. Ayni damda bu haqda gapirishni istamayman. Zaxira o'rindig'ida o'tirish yoqimsiz mashg'ulot, chunki har bir futbolchi o'z jamoasiga yordam berishni istaydi. O'zini maydonda ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lmaslik futbolchi uchun juda og'ir" - deydi Rosicki.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com