Ronalduning koronavirus uchun topshirgan takroriy testi musbat natijani ko'rsatdi. U "Barselona"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi

Alisher
22 okt 2020, 17:25
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu koronavirus uchun musbat test topshirdi.

Shunday ekan, u Chempionlar Ligasi doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. 

O'yin 28 oktyabrda bo'lib o'tadi va UEFA protokoliga ko'ra, Ronalduda o'yinga bir hafta qolganda manfiy natija bo'lishi kerak edi. Forvard shuningdek A Seriya doirasidagi "Verona"ga qarshi o'yinda ham maydonga tusha olmaydi.

Ronaldu 13 oktyabr kuni Portugaliya terma jamoasi ixtiyorida COVID-19'ni yuqtirib olgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: football-espana.net