Ronalduning agenti PSJ prezidenti bilan uchrashdi

Aziz Tukhtamuradov
21 noya 2015, 14:20
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh Fransiyaning “Pari-Sen-Jermen” jamoasi prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan uchrashdi, deya xabar qilmoqda olamsport.com.

Uchrashuv chog'ida portugaliyalik futbolchining Fransiya poytaxtiga ko'chib o'tish masalalari muhokama qilindi. 30 yoshli hujumchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yili yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com