Ronalduni "Barselona"ga taklif qilishgan. Kataloniyaliklar esa rad etishgan (Catalunya Radio)

Alisher
31 avg 2021, 07:28
"Yuventus"dan MYUga o'tgan forvard Krishtianu Ronaldu "Barselona"ga o'tishga rozi bo'lgan.

Futbolchining vakillari hujumchini ispan klubiga taklif etishgan, ammo "ko'k-anorranglilar" shu zahoti bunday variantni rad etishgan.

Ronaldu oldinroq Ispaniyada o'ynagan - u "Real" tarkibida 2009 yildan 2018 yilgacha ikki bor La Liga, Kubok va Ispaniya Superkubogini, shuningdek 4 bor Chempionlar Ligasini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es