Ronalduga nisbatan jinoiy ish ochilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
3 dek 2016, 14:16
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliq to'lashdan bo'yin tovlagani uchun unga nisbatan jinoiy ish ochilishi mumkin.

Ronaldu turli sxemalarni ishga solib soliq to'lashdan qochgan bo'lishi mumkin. Ma'lum bo'lishicha, u Dublinning Multisport Image Management kompaniyasi bilan homiylik shartnomasini imzolagan. Irlandiyada daromad solig'i 12,5%, Ispaniyada esa 43,5%ni tashkil qiladi.

Oldlinroq Spiegel nashri Ronaldu 150 mln. evro miqdoridagi soliqni Jorje Mendesh ishlab chiqqan sxema orqali yashirganini e'lon qilgandi. Keyinroq Moendesh kompaniyasi Ronaldu barcha soliqlarni to'lagani haqida ma'lum qildi. Football Leaks guruhi yaqin uch hafta ichida bu ish bo'yicha mojaroli ma'lumotlarni taqdim etishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CBS Sports