Ronaldu yangi mavsumda qoyilmaqom natija qayd etmoqda

Administrator
28 avg 2024, 02:30
"Al Nassr" hujumchisi ketma-ket to'rtta o'yindan beri gol urib kelmoqda.

Krishtianu Ronaldu "Al Feyha"ga qarshi o'yinda jarima zarbasidan ajoyib gol kiritdi. "Al Nassr" hujumchisi uchun bu gol ketma-ket to'rtinchi o'yindagi to'rtinchi gol bo'ldi. Bundan oldin Ronaldu Saudiya Arabistoni Superkubogi doirasida "Al Tavun" va "Al Hilol", mahalliy chempionatda esa "Al Raed" darvozalariga gol urgandi.

Ma'lumot uchun, Krishtianu Ronaldu "Al Nassr" safidagi 68 ta o'yinda 62 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: OptaSports