Ronaldu va boshqalar Benitesga "Barselona"ga qarshi bahsda o'yin uslubini o'zgartirishni maslahat beryapti

Aslanov Jasurbek
18 noya 2015, 11:10
"Real" futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Rafael Benitesga "Barselona"ga qarshi bahsda odatiy o'yin uslubidan voz kechishni maslahat beryapti.

"Qirollik klubi" futbolchilarining fikricha, "Barselona"ga qarshi bahsda himoyaviy o'yin ko'rsatib bo'lmaydi. Jamoa yetakchilari Serxio Ramos, Marselo va Krishtianu Ronaldu bu borada Benites bilan suhbatlashishdi. Ular Benitesni boshqa o'yin tanlashga majbur qilmoqchi emas, balki maslahat berish niyatida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com