Ronaldu terma uchun 124-golini urdi

Mirjalol Normatov
14 okt 2023, 00:41
Portugaliya termasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu Evro-2024 saralashi doirasida Slovakiya termasi darvozasini ishg'ol qildi.

38 yoshli futbolchi bahsda belgilangan penaltidan unumli foydalandi.

Shu orqali uning termadagi gollari soni 124taga etdi. Bu bilan u milliy jamoalar uchun gol urish reytingida Ali Daidan 16 golga, Leo Messidan esa 20 golga o'zib ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal