Ronaldu tarixiy rekord o'rnatdi. Bunga Mbappe sababchi

Sherzod Nurmatov
6 iyun 2024
Krishtianu Ronalduning Kilian Mbappe postiga yozgan gapi Instagram tarixidagi eng ko'p layk to'plangan izohga aylandi.

"Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Kilian Mbappening "Real"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

Fransiyalik futbolchi 3 iyun kuni Madrid klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Avvalroq futbolchi erkin agent sifatida PSJni tark etgandi.

"Tomosha qilish navbati menda. "Bernabeu"ni larzaga keltirishingni intiqlik bilan kutaman", – deb yozdi Ronaldu Mbappening posti izohida.

Krishtianuning ushbu izohiga 4,5 milliondan ortiq foydalanuvchi "layk" bosdi.  Bu Instagram tarixidagi rekord ko'rsatkichdir.



Mbappe 2017 yildan 2024 yilgacha PSJda o'ynagan. U parijliklar safida jami 308 o'yin o'tkazib, 256 ta gol urgan va 108 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ronaldu "Real" tarixidagi eng yaxshi to'purar (450 ta gol). U "qaymoqranglilar" libosida 2009 yildan 2018 yilgacha harakat qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail