Ronaldu Sulsher haqida: "U ajoyib ishladi, biroq Fergyusonning o'rnida faoliyat olib borish qiyin"

Aziz Tukhtamuradov
17 noya 2022, 20:16
"Manchester Yunayted" futbolchisi Krishtianu Ronaldu mankunianliklar sobiq ustozi Ole-Gunnar Sulsher haqida gapirdi.

"Sulsherni yaxshi ko'raman. Bilaman, top-shaxsiyat, shu sababi uni yuragimda saqlayman.

Shuningdek, Ole men uchun ham top-shaxsiyat. Ser Aleksning joyida ishlash juda qiyin va menimcha u juda yaxshi faoliyat olib bordi.

Menimcha, unga ko'proq vaqt kerak edi. Kelajakda uning ajoyib murabbiy bo'lishiga shubxa qilmayman.

Bu mening uchun ham yaxshi tajriba bo'ldi. Garchi qisqa bo'lsa-da,u bilan birga ishlaganimdan mamnunman", - dedi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN