Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatini APL bilan solishtirdi

Sherzod Nurmatov
23 mar 2023, 12:23
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati saviyasi haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, Saudiya Arabistoni professional ligasiga boshqacha nazar bilan qarash kerak. Saviyasiga ko'ra, bu liga APLga o'xshaydi, demoqchi emasman. Albatta, bu yolg'on bo'ladi. Lekin bu liga juda raqobatbardosh. Unda yaxshi jamoalar borligi va chempionatda raqobat borligi meni hayratda qoldirdi.

Ishonchim komilki, yaqin yillarda bu liga dunyodagi eng raqobatbardosh to'rtinchi, beshinchi yoki oltinchi liga bo'ladi", – dedi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Reuters