Ronaldu "Real"ni tark etmoqchi, "Real" Beylni yangi yetakchi sifatida ko'ryapti

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2016, 13:06
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum yakunida klubni tark etadi.

Ma'lum bo'lishicha, klub portugaliyalikka jamoa yetakchisi sifatida unga ishonmayapti, chunki bir oydan so'ng u 31 yoshga to'ladi va so'nggi vaqtlarda uning tizzasida muammolar paydo bo'la boshladi. "Real" prezidenti Florentino Peres esa Garet Beylni jamoaning yangi yetakchisi sifatida ko'ryapti. Bundan tashqari, "Real" Ronalduni sotsa, "Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azarni xarid qilishi mumkin.

Ronaldu uchun PSJ va "Manchester Yunayted" da'vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph