Ronaldu: "Hasharotlar faqat yonib turgan chiroqlarga hujum qilishadi"

Aslanov Jasurbek
2 avg 2017, 10:24
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Instgaram"dagi sahifasiga surat yukladi.

Futbolchi suratga quyidagi so'zlarni qo'shib qo'ydi:

"Yorqinligim odamlarni havotirga solmoqda, ammo hasharotlar faqat yonib turgan chiroqqa hujum qiladi".

Ronaldu 2011-2014 yillar ichida "imij huquqlari" uchun 14,7 mln. evro soliq to'lamaganlikda ayblanmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining agenti Jorje Mendesh soliqdan bo'yin tovlash operaciyasi muallifi hisoblanadi. Aynan u 14,7 mln. evroni "cho'ntak"da saqlab qolish sxemasini tuzgan.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com