Ronaldu "Eybar"ga qarshi bahsda La Ligadagi eng yomon natijasini takrorladi

Aslanov Jasurbek
3 okt 2016, 13:05
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchun Ispaniya chempionatining joriy mavsum starti omadsiz keldi.

6 tur natijalariga ko'ra u 4 ta o'yinda ishtirok etdi va bor-yo'g'i bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ronaldu "Qirollik klubi"ga o'tganidan beri faqat 2010/11 mavsumdagina 4 ta uchrashuvda 1 ta gol urgan. Krishtianu "Osasuna"ga qarshi milliy chempionatning 5-tur o'yinida raqib darvozasini ishg'ol qildi.

E'tiboringizga Ronalduning mavsum startidagi birinchi to'rtta uchrashuvda urgan gollari sonini taqdim etamiz:

2009/2010 - 5 ta gol.

2010/2011 - 1 ta gol.

2011/2012 - 4 ta gol.

2012/2013 - 2 ta gol.

2013/2014 - 2 ta gol.

2014/2015 - 9 ta gol.

2015/2016 - 5 ta gol.

2016/2017 - 1 ta gol.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com