

"InStat"ning ma'lumotiga ko'ra, Ronaldu terma jamoasining 32ta golidan 24tasida ishtirok etdi. 32 yoshli forvard 15ta gol urdi, 3ta golli pas berdi va 6ta golli pasdan oldingi pasni berdi.
Yevropada saralash to'purari bo'lgan Robert Levandovski bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi bo'ldi. Hujumchi Polsha tarkibi 19ta golli hujumda ishtirok etdi.
Bundan tashqari, Ronaldu saralashning Yevropadagi bellashuvlarida darvoza tomon zarba berish borasida ham yetakchi (66ta zarba). U 90 daqiqa davomida o'rtacha 7.4tadan zarba bergan.
Ronaldu joriy mavsum Ispaniya La Ligasida 90 daqiqa davomida o'rtacha 6tadan zarba bermoqda, bu borada u faqat "Barselona" hujumchisi Lionel Messidan ortda qolmoqda (6.9ta zarba).




