Ronaldu Evro-2024ning eng yomon futbolchisi bo'lib turibdi

Оқил Абдубарноев
2 iyul 2024, 23:06
Krishtianu Ronaldu hali Yevropa chempionatida birorta ham gol ura olmadi.

Portugaliyalik yulduz allaqachon uchta gol urishi mumkin edi - u tomonidan kutilgan gollar (xG) 2,9 ni tashkil etadi.

WhoScored ekspertlari urilgan gollar ko'rsatkichidan kutilgan gollar ko'rsatkichini ayirib, Evro-2024ning eng yomon o'yinchilarini aniqlashdi. Eng yomoni ko'rsatkich -2,9 ball bilan Ronalduda qayd etilgan.

Reytingning ikkinchi qatorida Romelu Lukaku (-2,3) o'rin olgan bo'lsa, Kay Xaverc (-2) kuchli uchlikka yakun yasagan. Keyingi o'rinlarda Lamin Yamal (-1,8), Aleksandr Mitrovich (-1,8), Antuan Grizmann (-1,6) va Kilian Mbappe (-1,5) egallagan.

Eslatib o'tamiz, dushanba kuni Sloveniyaga qarshi o'yinda Krishtianu Ronaldu penaltidan foydalana olmadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: WhoScored