Ronaldu "Al Shabab" bilan o'yindan so'ng operatordan g'azablandi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2023, 17:59
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Arab chempionlar kubogi doirasida "Al Shabab"ga qarshi o'yindan (0:0) norozi bo'ldi.

Uchrashuv yakunida 38 yoshli portugaliyalik maydonni jahl bilan tark etdi, shuningdek, uni yaqindan tasvirga olgan operatordan ham jahli chiqdi. Forvard operator tomon suv sepdi va undan boshqa o'yinchilarni tasvirga olishni so'radi.

Bu Ronaldu gol urmayotgan ketma-ket beshinchi o'yindir.

Ronaldu "Al Nassr" safida 2023 yilning qishidan beri to'p tepadi. Saudiya Arabistoni klubi safida 20 ta o'yinda 14 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia