Ronaldu A Seriya tarixida eng ko'p gol urgan portugaliyalik futbolchiga aylandi

Alisher
23 iyun 2020, 10:20
A Seriya 27-turi doirasida "Yuventus" "Bolonya"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Turinliklar hujumchisi Krishtianu Ronaldu 23-daqiqada penaltini aniq ijro etdi va o'z hisobiga gol yozib qo'ydi.

Bu "Yuventus" forvardi uchun Italiyadagi faoliyati davomida urilgan 43-gol bo'ldi va bu ko'rsatkich bilan u A Seriyada harakat qilgan portugaliyalik futbolchilar orasida eng yaxshi natija qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, bungacha eng yaxshi ko'rsatkich Manuel Ruy Koshta (42ta gol)ga tegishli edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia