Ronaldoga tegishli klub quyi ligaga tushib ketishga yaqin. Bunga Bongonda aybdor

Narzulla Saydullayev
20 may 2023, 08:39
Kecha Ispaniya chempionatining 35-turidan o'rin olgan ilk uchrashuv bo'lib o'tdi.

"Kadis" o'z maydonida "Valyadolid"ni qabul qildi va 2:0 hisobida zafar quchdi. Ikkala golni mezbonlarning kongolik hujumchisi Teo Bongonda urdi.

Ushbu mag'lubiyatdan so'ng braziliyalik Ronaldoga tegishli bo'lgan "Valyadolid" klubining ahvoli og'irlashdi. 35ta o'yindan 35 ochko to'plagan "Valyadolid" 17-o'rinda bormoqda. Mavsum yakunida musobaqa jadvalida so'nggi uchta o'rinni band etgan klublar Segunda divizioniga tushib ketadi. "Kadis" esa aksincha kechagi g'alabadan keyin La Ligada qolish masalasini deyarli hal qildi.




Ispaniya chempionati

35-tur

Kadis – Valyadolid 2:0 (0:0, 2:0)
19 may, "Ramon de Karransa"
Gollar:
1:0 – 69 Bongonda, 2:0 – 76, penalti Bongonda.
Kadis – Ledesma, Karselen, Ernandes, Xorxe Mere (Mbaye, 79), Espino, Alkaras (San-Emeterio, 66), Eskalante, Bongonda (Arsamendiya, 88), Gvardiola (Xose Mari, 79), Sobrino, Ramos (Losano, 46).
Valyadolid – Masip, Lukas Roza (Kenedi, 72), Xoakin Fernandes, Sanches, El-Yamik (Machis, 77), Eskudero (Olasa, 46), Ongla, Monchu, Kike Peres (Aguado, 46), Larin, Leon (Plata, 65).
Ogohlantirishlar: El-Yamik (33), Lukas Roza (47), Mesa (67), Losano (73), Sanches (75), Bongonda (77), San-Emeterio (86), Mbaye (90).
Chetlatish: Ongla (80).




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia