“Roma”qatorasiga 5 ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti

24 sen 2018, 09:05
“Roma” kecha A Seriyaning 5-turida “Bolonya”ga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Bu orqali rimliklarning g'alabasiz o'yinlar seriyasi beshtaga etdi. Rimliklar chempionat startida “Torino”ni 1:0 hisobida enggach, 2 marta durang o'ynadi. Keyin YCHLda “Real”ga 0:3 hisobida yutqazdi.

Ayni damda Eusebio di Franchesko shogirdlari besh ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.

Jamoa 2013 yil yanvaridan beri ilk marta mehmondagi ketma-ket uch o'yinda ham mag'lubiyatga uchradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: OptaJoe