"Roma"ning Destro bo'yicha appelaciyasi rad etildi

Aziz Tukhtamuradov
18 apr 2014, 08:31
Italiya futbol federatsiyasi “Roma” jamoasining hujumchi Mattia Destroning 3 ta o'yinga qilingan diskvalifikaciyasi yuzasidan berilgan appelacyaga rad javobini berdi.

Eslatib o'tamiz, Destro “Kalyari”ga qarshi bo'lib o'tayotgan o'yinda raqiblar himoyachisi David Astorining yuziga zarba bergan.

Shu tariqda futbolchi “Fiorentina”, “Kataniya” va “Milan” jamoalariga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlarda maydonga tusha olmaydi. U 9-may kuni “Yuventus”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yindagina jamoasi safida harakat qilishi mumkin.

Futbolchining o'zi bu holat o'zi bilmagan holda, tasodifan ro'y berganini aytib o'tdi.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru