"Roma"ga MYUning sobiq yarim himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
14 yanv 2019, 17:55
"Roma"ga "Everton" yarim himoyachisi Morgan Shnayderlin kerak.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, rimliklar 35 yoshli Daniele De Rossining o'rniga tezkorlik bilan futbolchi qidirishmoqda. Uning o'rniga aynan Shnayderlin mos ko'rilmoqda.

Bu mavsumda Shnayderlin Liverpul jamoasi tarkibida 9 o'yinda qatnashib, 1 golga assistentlik qildi. Uning jamoasi bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.

"Everton"gacha u "Manchester Yunayted" tarkibida o'ynagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport