"Roma" Shomurodovni ijaraga bermoqda

Sherzod Nurmatov
25 yanv 2025, 17:31
"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovning navbatdagi jamoasi ma'lum.

"La Gazzetta dello Sport" ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov "Veneciya"ga o'tishga juda yaqin turibdi.  

Eusebio Di Franchesko qo'l ostidagi jamoa "Empoli" bilan raqobatda ustun keldi va 29 yoshli hujumchini sotib olish huquqi bilan mavsum so'ngiga qadar ijaraga olmoqda.

Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov ushbu mavsum "Roma" tarkibida 15 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport