

Avvalroq madridliklar vingeriga "Liverpul" va "Arsenal" qiziqish bildirganini xabar qilingan edi. "Real" braziliyalik futbolchini 100 million evroga baholamoqda.
As nashrining ma'lumotiga ko'ra, "Real" hozircha Rodrigo bo'yicha taklif olmagan, biroq transfer oynasi yopilishiga yaqin bunday takliflar tushishi mumkin.
Xabar qilinishicha, tatilda bo'lgan Rodrigo mavsumoldi tayyorgarlik boshlanishiga qadar yaxshi formaga kirish uchun tinimsiz mehnat qilmoqda - vinger murabbiy Xabi Alonsoni o'zining jamoaga foydali bo'lishi mumkinligiga ishontirmoqchi.
Braziliyalik futbolchi 4 avgust kuni jamoa bilan mashg'ulotlarga qaytishi kerak.



