Robert Levandovski: "Real"ga qarshi qanday o'ynashni bilaman"

Alisher
5 avg 2022, 18:24
"Barselona" yangi o'yinchisi Robert Levandovski "Real" bilan raqiblik qilishga tayyorligini bildirdi.

"Albatta, klasikoda o'ynashni xohlayman. "Real" bilan uchrashishga tayyorman – ularga qarshi qanday o'ynashni bilaman. 

O'tgan mavsum ular uchun juda yaxshi bo'ldi, ammo ularni yutish uchun "Barselona" shu yerda.

"Real" yoki Benzema haqida o'ylamayman. U ajoyib to'purar, anchadan beri La Ligada o'ynaydi, ammo menga unga qarshi emas, "Barsa" uchun yaxshi o'ynash muhim", – deydi Levandovski.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo