Robbi Kin - “Atletiko” bosh murabbiyi!

Aslanov Jasurbek
4 mar 2018
Irlandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi, o'z vaqtida “Inter”, “Tottenxem”, “Liverpul” klublarida to'p tepgan Robbi Kin o'ynovchi-murabbiyga aylandi.

Kin Hindistonning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Robbi bu lavozimni tark etgan “Sheffild Uensdey” klubining sobiq himoyachisi Eshli Vestvudning o'rnini egalladi. Robbi A toifali UEFA murabbiylik licenziyasiga ega. 

Avvalroq afsonaviy Teddi Sheringem ham ushbu klub murabbiyligidan ketgan edi. Kinning o'zi mavsum avvalidagi o'yinlarda maydonga tusha olmadi. Buning natijasida “Atletiko” 13ta o'yindan so'ng 12 ochko bilan turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. Oxirgi 6ta uchrashuvda Kin 5ta gol kiritgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: