Robben uchun eng yaxshi murabbiy kim?

Alisher
20 avg 2019, 16:41
Faoliyatini yakunlagan futbolchi Aren Robben u uchun eng yaxshi murabbiy kim ekanligini aytib o'tdi.

"Eng yaxshi murabbiy? Hamma murabbiyning o'ziga xos jihatlari bor va biz deyarli har biri bilan muvaffaqiyatga erishganmiz. Agar mendan eng yaxshi murabbiy kim ekanligini so'rasangiz, men Pep Gvardiolani aytgan bo'lar edim. Menga u bilan ishlash yoqar edi. U shunchaki ajoyib", - deydi gollandiyalik o'yinchi.

"Pep "Bavariya"ga kelganida, men 30 yoshga kirib bo'lgandim. Bunday yoshdagi sportchi o'zining darajasini saqlab qolishga urinadi. Ammo, men uning qo'l ostida kuchaya boshladim.

Men umuman hayolimga kelmagan poziciyalarda o'ynadim. Pep takrorlanmas murabbiy", - deya qo'shimcha qildi Aren.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport Bild