

Evrokuboklarda debyut o'yinini o'tkazayotgan 22 yoshli futbolchi ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi va uchrashuvning 54-daqiqasida o'yinda hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib borgan Rivaldo esa o'g'lining golini o'ta hayajonli tarzda nishonladi.
Buxarestning “Dinamo” klubi braziliyalik Rivaldino bilan joriy yilning fevral oyida shartnoma tuzgandi. Ilgari u o'z yurtida “Pirasikaba” va “Paysandu” klublarida to'p tepgan.



