

“Hozir qayerdadir yopilib olib, yig'lashni xohlayman. Hech kimni ko'rishni xohlamayman. Bu musobaqada g'olib bo'la olmaganimiz juda achinarli. Braziliyaning umidlari katta edi, ammo bizga yana omad kulib boqmadi”, deydi Risharlison.
“Pentakampeonlar” JCH-2022 chorak finalida Xorvatiya penaltilar seriyasida (1:1, pen – 2:4) imkoniyatni boy berdi. 25 yoshli Risharlison esa musobaqada 3 ta gol urishga erishdi.



