RFEF "Real"ning etiroziga javob qaytardi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2025, 02:51
RFEF (Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi) "Real"ning hakamlik bo'yicha etiroziga javob qaytardi.

Oldinoq "Qirollik klubi" RFEFga "Espanol"ga qarshi bahsdagi (0:1) hakamlik borasida etiroz bildirib, Ispaniya hakamlik tizimi to'liq yangilashga chaqirdi va arbitrlarni klubga takror va takror zarar etkazayotganlikda aybladi.

"Ayblovlarning ohangi va jiddiyligi chuqur afsusga sabab bo'lmoqda. Ular hakamlik tashkilotlari va umuman musobaqa halolligini shubha ostiga qo'yishmoqda. Professional futbol rivoj davomida bazi tushunmovchiliklar bo'lishi mumkin, ammo barcha tomonlar mas'uliyat va hurmat bilan harakat qilishyapti degan umiddamiz.

Asosli tanqidni doimo qo'llab-quvvatlaymiz, ammo u chegaradan chiqmagan va barchaga hurmat ko'rsatilgan holda bo'lishi kerak".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As