"Reynjers" van Bronxorstni iste'foga chiqardi

Sherzod Nurmatov
21 noya 2022
"Reynjers" bosh murabbiyi Jovanni van Bronxorstni iste'foga chiqarishga qaror qildi.

"Reynjers" niderlandiyalik mutaxassis qo'l ostida Shotlandiya Kubogini qo'lga kiritdi va Yevropa Ligasi finaliga chiqib, Frankfurtning "Ayntraxt"iga penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub bo'ldi.

"Afsuski, so'nggi natijalar biz yoki uning umidlarini oqlamadi. Bugun biz bu qiyin qarorni qabul qildik. "Reynjers"dagilarning barchasi Jovanniga kelajagi uchun eng yaxshi tilaklarni tilaydi, – dedi klub rahbari Duglas Park.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: rangers.co.uk