Reshfordning "Vulverxempton"ga qarshi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida

Sherzod Nurmatov
13 may 2023, 11:45
Futbolchi jarohat olgan.

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Angliya Premer-ligasi 36-turidan o'rin olgan "Vulverxempton"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborish xavfi bor. Buni "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag ma'lum qildi.

"Reshfordning oyog'ida muammo bor, shuning uchun uning o'yinda maydonga tushishi katta so'roq ostida. Ammo biz Rafael Varan qaytganidan xursandmiz", – dedi mutaxassis.

Reshford  "Manchester Yunayted"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to'purari sanaladi. 25 yoshli futbolchi ushbu mavsum barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Manchester Yunayted" – "Vulverxempton" uchrashuvi 19:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com