Reshford Britaniyada ta’sir doirasi keng qoratanli odamlar ro'yxatiga kiritildi

Aziz Tukhtamuradov
29 okt 2022, 10:11
"Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshford Britaniyada kelib chiqishi afrikalik bo'lgan ta’sir doirasi keng insonlar ro'yxatiga kiritildi.

Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi. 

Ushbu ro'yxat 2007 yildan beri tuziladi. Undan maqsad - yoshlar uchun namuna bo'la oladigan qoratanli insonlarni jamoatga yaxshiroq tanishtirishdir. Ro'yxatdagi insonlar mustaqil hakamlar tomonidan tanlanadi. Bu yil Reshforddan tashqari aktyor ser Lenni Genri va reper Stormzy ham ro'yzatga kirdi. 

Reshford o'tan yili Covid-19 pandemiyasi davrida bolalarga g'amxo'rlik qilgani uchun Britaniya imperiyasi ordeni bilan ham taqdirlangandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com