Reshford: “Aynan shunday vaziyatlar uchun ham sen futbol o'ynaysan”

7 mar 2019, 07:49
“Manchester Yunayted”ga PSJ ustidan g'alabani taqdim etgan golga mualliflik qilgan Markus Reshford o'yindan so'ng fiklari bilan bo'lishdi.

1/4 finalga chiqilgani haqida

- O'yindan oldin hammasi bizga qarshidek edi. Ammo biz bunga tayyor edik. Biz esa nimaga loyiq ekanligimizni ko'rsatdik va o'zimizga kerakli natijaga erishdik.

11 metrlik jarima zarbasidan gol haqida

- Sovuqqonlikkni saqlab qolishni xohladim, xolos. Sen buni har kuni mashg'ulot qilasan. Penaltni amalga oshirish - eng qiyin holatlardan biri, ammo aynan shunday vaziyatlar uchun ham sen futbol o'ynaysan.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com