

"Mag'lubiyatdan so'ng keyingi o'yinda g'alaba qozonish doimo muhim - bu vaqtni ortga qaytarib, o'sha o'yingacha bo'lgan ruxda davom etishning yagona yo'lidir ("Liverpul" bilan o'yin nazarda tutilmoqda).
Biz doimo tez boshlashga harakat qilamiz va gol ham shunga mos bo'ladi. Birinchi taymda ular yaxshi himoyalanishdi, ammo ikkinchi bo'limda hisob 1:1 bo'lib turgan paytda ular ochilishdi.
Har ikki taymni ham yaxshi boshladik. Gol urishga harakat qilish muhim.
- Bu g'alaba "Liverpul"dan uchralgan mag'lubiyatga eng yaxshi javobmi?
- Bu to'g'ri yo'nalishdagi qadamdir. Yakshanba kungi o'yinga ko'p e'tibor qaratib yuborish kerak emas, chunki bu o'tib bo'ldi va biz endi xech narsani o'zgartira olmaymiz. Oldinga borish muhim" - dedi MYU futbolchisi.



