"Real"ning yana bir futbolchisi Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
3 may 2024, 11:56
"Real Madrid"ning yana bir futbolchisi yozda Amerikaga ko'chib o'tishi mumkin.

"Madrid" himoyachisi Nacho yozda klubdan ketishini ma'lum qilgandi.

Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi xizmatlariga "Inter Mayami" klubi qiziqish bildirmoqda. Jamoa safida "Barselona" sobiq yulduzi Lionel Messi o'ynayotgani yodingizda bo'lsa, ajab emas.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Luka Modrich ham faoliyatini "Inter Mayami"da davom ettirishga yaqinligi xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport.es