"Real"ning uch muhim futbolchisi "Espanol"ga qarshi o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
27 apr 2022, 23:52
"Real"ning asosiy futbolchilari LaLiga doirasida "Espanol"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.

"Marca" xabariga ko'ra, "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti LaLiganing 34-turi doirasidagi bahsda rotaciyani amalga oshirish orqali futbolchilarini YCHL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinga saqlamoqchi.

"Espanol"ga qarshi o'yinda Karim Benzema, Luka Modrich, David Alaba, Dani Karvaxal, Ferlan Mendi, Tibo Kurtua kabi futbolchilar ishtirok etmaydi.

Eslatib o'tamiz, "Real" chempionlikni muddatidan avval hal qilishi uchun bir ochko etarli bo'lib turibdi.

"Real" - "Manchester Siti" bahsi 4 may kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal