"Real"ga qarshi o'yindan oldin "Roma"da katta yo'qotish bor

Mirjalol Normatov
27 noya 2018, 21:58
"Roma" forvardi Edin Jeko YCHL doirasida "Real"ga qarshi o'yinda ishtirok etmasligi mumkin.

"Football Italia" xabariga ko'ra, 32 yoshli bosniyalik futbolchining oyoqlari tizzaosti sohasida muammolari bor. U ushbu jarohatini kecha orttirib olgan. Hozircha bu borada rasmiy ma'lumot berilgani yo'q.

Jeko bu mavsumda A Seriyada 12 o'yinda 2 gol urdi va shuncha golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia