"Real" yozda Trentni arzonroqqa sotib olishga urinib ko'radi

Administrator
22 mar 2024, 22:44
Agar buning iloji bo'lmasa, "Real" 2025 yilda uni erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib oladi.

"Real Madrid" yozda "Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldni sotib olmoqchi. Buning uchun, ingliz klubi futbolchi uchun kamroq pul talab qilishi kerak bo'ladi. Agarda yozda "Real" Trentni qo'lga kirita olmasa, 2025 yilda uni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib oladi.
Umuman olganda, "Real Madrid" Trent Aleksand-Arnoldni anchadan beri kuzatmoqda. Madrid klubi "Liverpul" Trentni saqlab qolish uchun barcha ishni qilishga tayyor ekanini biladi. Himoyachining shartnomasi 2025 yilgacha ekanligidan kelib chiqilsa, "Liverpul" uni shu yilning yozida sotishi yoki 2025 yilda erkin agent sifatida qo'yib yuborishi kerak bo'ladi.

Ma'lumot uchun, Aleksander-Arnold ushbu mavsum "Liverpul" tarkibida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 10 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Relevo