"Real" yozda Kvaratsxeliyani sotib olishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
15 fev 2023
"Real Madrid" "Napoli"ning gruziyalik futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliyaga e'tibor qaratmoqda.

"Real" yozgi transferlar oynasida "Napoli" hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliyani sotib olishi mumkin. Biroq "Qirollik klubi"ning asosiy nishonlari Erling Xoland, Kilian Mbappe yoki Jud Bellingem bo'ladi va bu futbolchilarni sotib olish operaciyasi muvaffaqiyatli yakunlanmasa klub e'tiborini Xvicha transferiga qaratadi. 

Gruziyalik futbolchining neapolliklar bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Avvalroq Italiya klubi futbolchini o'z safida olib qolmoqchiligi ma'lum qilingandi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: fichajes.com