"Real" yozda Keyn bilan shartnoma imzolay olmaydi

Alisher
1 apr 2021, 12:55
"Real" "Tottenxem" forvardi Xarri Keyn bilan yozda shartnoma izmolash imkoniyatini ko'rmayapti.

27 yoshli futbolchi "shporlar" safini tark etmoqchi, ammo "qaymoqranglilar"ning transfer bozoridagi maqsadi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadigan PSJ hujumchisi Kilian Mbappedir.

Xabarlarga ko'ra, "Real" 36 yoshli Krishtianu Ronalduni ortga qaytarmoqchi emas.

Keyn joriy mavsum APL doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 13ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail